Jahon

Yaponiyani mega-zilzila qoplashi mumkin: hukumat ogohlantirmoqda

Zilzila xavfini inobatga olgan Yaponiya hukumati favqulodda vaziyatlar rejasini yangiladi.

Yaponiyani mega-zilzila qoplashi mumkin: hukumat ogohlantirmoqda

 

Yaponiya hukumati halokatli zilzila xavfi haqida aholiga rasman murojaat qildi. Asahi gazetasining yozishicha, hukumat ekspertlari yaqin 30 yil ichida mamlakat janubi-g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan “Nankai xandagi”da 8 dan 9 ballgacha bo‘lgan kuchli zilzila sodir bo‘lish ehtimoli 75–82 foizni tashkil etishini ma’lum qilgan deydi oxu.az nashri.

 

Ushbu suv osti yorig‘i yirik sunami to‘lqinlariga sabab bo‘lishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, to‘lqinlarning balandligi ba’zi hududlarda 20 metrgacha yetadi. Eng ko‘p zarar Osaka, Vakayama, Kumamoto va Miyazaki prefekturalariga yetishi kutilmoqda.

 

Zilzila xavfini inobatga olgan Yaponiya hukumati favqulodda vaziyatlar rejasini yangiladi. Unga ko‘ra, qo‘shimcha to‘g‘onlar, himoya inshootlari qurilishi va aholi uchun evakuatsiya boshpanalari barpo etilishi rejalashtirilgan.

 

Yaponiyada zilzilalar odatiy hodisa hisoblanadi. Faqatgina iyun oyida mamlakat janubida 474 ta zilzila qayd etilgan bo‘lib, ulardan birining magnitudasi 5.1 ga yetgan.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"