Jahon

Eron neft qazib olishni to‘liq tikladi va rekord darajaga chiqdi

Eron xalqaro bosim va harbiy tahdidlarga qaramay, neft qazib olish hajmini so‘nggi o‘n yillik ichidagi eng yuqori darajaga yetkazdi.

Eron neft qazib olishni to‘liq tikladi va rekord darajaga chiqdi

 

Bloombergning yozishicha, Isroilning 13-iyundan boshlab Eron neft va gaz sanoatiga uyushtirgan havo hujumlari, shuningdek, AQShning uzoq yillik sanksiyalariga qaramay, Tehron iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lmoqda. Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi bir oy ichida Eron neft qazib olish va eksport ko‘rsatkichlarini keskin oshirgan.

 

2024-yil davomida Eron kuniga o‘rtacha 5 million barrel neft qazib oldi — bu 1979-yilda hukumat almashganidan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Neft va neft mahsulotlari eksportidan o‘tgan yili mamlakat 78 milliard dollar daromad ko‘rgan bo‘lib, bu sanksiyalar joriy etilmasidan oldingi darajaga yaqinlashganini anglatadi.

 

Vortexa kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil iyun oyida Erondan neft eksporti kuniga 1,8 million barreldan oshgan, asosiy xaridor esa — Xitoy. Tehron Xitoy bilan strategik savdo hamkorligidan faol foydalangan, shuningdek, murakkab logistik sxemalar orqali sanksiyalarni aylanib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Eron neft infratuzilmasiga qaratilgan havo hujumlari natijasida ayrim zavodlarda yong‘inlar chiqqan, Janubiy Pars gaz koni va bir nechta qayta ishlash zavodlari vaqtincha ishdan chiqqan. Biroq Eron Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, asosiy infratuzilma saqlanib qolgan va yetkazib berish qisqa fursatda tiklangan. Janubiy Pars mamlakatdagi gaz qazib olishning uchdan ikki qismini tashkil etadi.

 

Shu bilan birga, tahlilchilar ogohlantirishicha Eronning asosiy neft eksport terminali bo‘lgan Xarq oroli Isroilning navbatdagi hujumlari uchun asosiy nishonga aylanishi mumkin.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp iyun oxirida Eron bo‘yicha ba’zi sanksiyalar yumshatilishi mumkinligini bildirgan bo‘lsa-da, keyinroq bu fikridan voz kechgan — bunga Tehron rasmiylarining keskin bayonotlari sabab bo‘lgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron neft qazib olishni to‘liq tikladi va rekord darajaga chiqdi | Zamon.uz