Jahon

Amerikalik shifokor robot orqali bemorni masofadan operatsiya qildi

Operatsiya davomida bemordagi o‘simta muvaffaqiyatli olib tashlangan.

Amerikalik shifokor robot orqali bemorni masofadan operatsiya qildi

Amerikaning Florida shtatida yashovchi shifokor Vipul Patel angolalik 67 yoshli bemor Fernando da Silvaga masofadan turib robot yordamida operatsiya o‘tkazdi. Mart oyida unga prostata bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan, iyun oyida esa o‘simta muvaffaqiyatli olib tashlandi.

 

Patel – Orlando shahridagi Advent Health markazining Global Robotic Institute tibbiy direktori hisoblanadi. U ushbu operatsiyani transkontinental robotlashtirilgan tizim orqali amalga oshirdi, deb xabar berdi ABC News.

 

Ushbu texnologiya tufayli shifokorlar minglab kilometr masofada joylashgan bemorlarga ham jarrohlik amaliyotlarini bajara olishmoqda. Patelning aytishicha, bu Afrikadagi saraton bemorlari uchun katta imkoniyat yaratadi.

 

"Avvallari bu hududlarda na yetarli monitoring, na davolash imkoniyatlari bo‘lgan," – deydi Patel. Endilikda esa ilg‘or texnologiyalar yordamida masofaviy amaliyotlar orqali bemorlarga umid bag‘ishlash mumkin bo‘lmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Amerikalik shifokor robot orqali bemorni masofadan operatsiya qildi | Zamon.uz