Buyuk Britaniyaning yadro bazalari zaif himoyada
Harbiy baza atigi 1,5 metr balandlikdagi oddiy panjara bilan himoyalangan.

Buyuk Britaniyaning yadroviy qurollari saqlanadigan harbiy bazalari atigi 1,5 metr balandlikdagi oddiy panjara bilan himoyalangani maʼlum bo‘ldi. Bu zaif xavfsizlik tizimi F-35 qiruvchi samolyotlari joylashadigan obyektlarga ham taalluqli.
The Telegraph nashriga ko‘ra, baʼzi uchish-qo‘nish yo‘laklari faqat yog‘och to‘siqlar bilan o‘ralgan yoki umuman himoyasiz qolgan. Bunday joylarni hatto oddiy Street View orqali ham topish mumkinligi aytilmoqda.
O‘tgan hafta Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi Palestine Action guruhi ushbu bazalarga hujum qilish bilan tahdid qilgan edi. Mutaxassislar bu kabi obyektlar dushman elementlar uchun oson nishonga aylanishi mumkinligini ogohlantirishmoqda.
Ekspertlar harbiy infratuzilmalarning xavfsizlik darajasini zudlik bilan kuchaytirish zarurligini taʼkidlashmoqda. Chunki milliy xavfsizlik bunday holatlarda jiddiy tahdid ostida qolishi mumkin.







