Jahon

Germaniya olti oylik ixtiyoriy harbiy xizmatni joriy qilishni rejalashtirmoqda

Germaniya harbiy xizmatchilar sonini 260 ming nafargacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Germaniya olti oylik ixtiyoriy harbiy xizmatni joriy qilishni rejalashtirmoqda

Germaniya hukumati milliy mudofaa salohiyatini kuchaytirish va Rossiyadan bo‘lgan ehtimoliy tahdidlarga javoban olti oylik ixtiyoriy harbiy xizmat tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi ushbu reja bilan tanish manbalarga tayanib xabar berdi deydi oxu.az nashri.

 

Yangi tashabbus doirasida ko‘ngillilar xavfsizlik, logistik va boshqa yengil harbiy vazifalarga o‘rgatiladi. Shuningdek, ular yuk mashinasi yoki tank haydovchisi kabi mutaxassisliklar bo‘yicha ham tayyorgarlikdan o‘tishlari mumkin.

 

Manbalarga ko‘ra, agar ko‘ngillilarning soni yetarli bo‘lmasa, hukumat majburiy harbiy xizmatni tiklash masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. Hozircha esa dastur ishtirokchilari uchun yangi kazarmalar qurish rejalashtirilmoqda, bu esa ularning xizmat joyini yashash manzillariga yaqinlashtirish imkonini beradi.

 

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius harbiy xizmatchilar sonini 180 mingdan 260 ming nafargacha oshirishni maqsad qilgan. Rasmiylar fikricha, olti oylik dastur orqali bu ko‘rsatkichlarga erishish tezlashadi va ayrim ishtirokchilar harbiy xizmatni davom ettirishga qaror qilishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, Germaniya 2011-yilda majburiy harbiy xizmatni bekor qilgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Germaniya olti oylik ixtiyoriy harbiy xizmatni joriy qilishni rejalashtirmoqda | Zamon.uz