Jahon

HAMAS AQSh tinchlik rejasiga ijobiy javob berdi

Biroq reja rasman qabul qilingani noma'lum.

HAMAS AQSh tinchlik rejasiga ijobiy javob berdi

BBC xabariga ko‘ra, HAMAS harakati AQSh tomonidan taklif etilgan so‘nggi sulh rejasiga "ijobiy javob" berganini bildirgan. Bu reja G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilishni ko‘zda tutadi.

 

HAMAS bayonotida harakat “yangi muzokaralar bosqichini darhol boshlashga jiddiy tayyor” ekanligini ma’lum qilgan. Biroq u AQSh takliflarini rasman qabul qilganini tasdiqlamagan.

 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp HAMASdan sulh bo‘yicha bir kun ichida javob kutayotganini aytgan edi. Trampga ko‘ra, Isroil urushni yakunlash uchun zarur shartlarni qabul qilgan va buning asosida 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimi e’lon qilinishi mumkin.

 

Reja doirasida:

 

Garovdagi 10 nafar tirik isroillik bosqichma-bosqich ozod qilinadi;

 

18 nafar halok bo‘lganlar jasadlari topshiriladi;

 

Isroil o‘z qamoqxonalaridagi ayrim falastinlik mahbuslarni ozod etadi.

 

Hozirda G‘azo sektorida 50 nafar isroillik garovda saqlanayotgani aytilmoqda, ulardan 20 nafari tirik bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

 

HAMASning asosiy talablaridan biri — G‘azoga ozuq-ovqat va tibbiy yordamni to‘sqinliksiz yetkazish imkonini berishdir. AQSh takliflarida bu borada BMT va Qizil Xoch yordamida yetarli gumanitar yordam yetkazilishi nazarda tutilgan.

 

Shuningdek, reja Isroil qo‘shinlarining G‘azo hududining ayrim qismlaridan bosqichma-bosqich chiqishini ko‘zda tutadi.

 

Biroq HAMAS uchun muhim shartlardan biri shuki, 60 kunlik sulh yakunlangach, Isroil harbiy amaliyotlarni qayta boshlamasligi kafolatlanishi lozim.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

HAMAS AQSh tinchlik rejasiga ijobiy javob berdi | Zamon.uz