Mask AQShda yangi partiya tuzmoqchi
U "Amerika" nomli partiyani yaratishni taklif qildi.

Ilon Mask AQShda Mustaqillik kuni munosabati bilan yangi siyosiy partiya tuzish zarurligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqda so‘rovnoma o‘tkazdi. U "Amerika" nomli partiyani yaratishni taklif qildi.
"Ikki partiyali (ba'zilar bir partiyali) tizimdan mustaqil bo‘lishni xohlaysizmi? Mustaqillik kuni bunga oid savollar uchun ayni vaqt", — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
So‘rov boshlanganidan bir soat o‘tmay, unda 81 mingdan ortiq foydalanuvchi qatnashdi. Ularning 64,8 foizi yangi partiya tashkil etilishini qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq Mask zamonaviy amerikaliklar bir partiyali tizimda yashayotganini aytib, fuqarolarga haqiqatan g‘amxo‘rlik qiladigan yangi platforma kerakligini ta’kidlagan edi.





