Ilon Mask "Amerika" nomli siyosiy partiya tuzdi
Ilon Maskning siyosiy sahnadagi faoliyatiga millionlab odam rozilik bildirdi.

Amerikalik milliarder Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya — “Amerika” partiyasining tashkil etilishini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining “X” (sobiq Twitter) tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Oxu.Az.
"Yangi partiyani xohladingiz — va u tashkil etiladi. Mamlakatimiz haddan tashqari xarajatlar va korrupsiya tufayli bankrot bo‘ldi. Biz hozirda demokratiya emas, yagona partiyaviy tizimda yashayapmiz. “Amerika” partiyasi sizning erkinligingizni tiklash uchun yaratilmoqda", — deb yozdi Mask.
Tashabbus ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida o‘tkazilgan so‘rov natijasi bilan mustahkamlandi — 1,2 milliondan ortiq kishi qatnashgan ovoz berishda 65,4 foiz foydalanuvchi yangi partiya tuzilishini yoqlab ovoz bergan.







