Qirg‘iziston rossiyaliklarga fuqarolik berishni rasman to‘xtatdi
24-yanvardan keyin topshirilgan arizalar bekor qilindi.

Qirg‘iziston endilikda Rossiya fuqarolariga fuqarolik bermaydi. Bu haqda pasport masalalari bo‘yicha maslahatchi Mixail Juxovitskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lumot berdi deydi Oxu.Az nashri
Ma'lum qilinishicha, 2025-yil 24-yanvardan keyin topshirilgan arizalar bo‘yicha Qirg‘iziston pasportini olishning iloji yo‘q.
“Endi Qirgʻiziston fuqaroligini olishning imkoni qolmadi. Hech qanday to‘lov, vositachi yoki tanish orqali ham bu amalga oshmaydi. Bu haqda barcha vositachilar va mansabdorlar xabardor – ammo baribir odamlarni aldab, pul olishda davom etishmoqda”, – dedi Juxovitskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil yanvar oyidan boshlab na Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi, na Ichki ishlar vazirligi tomonidan birorta ham ariza tasdiqlanmagan.







