Bugun lavozimidan ozod qilingan Rossiya transport vaziri uyidan o‘lik holda topilgani ma’lum bo’ldi
Starovoytning o‘limi katta moliyaviy jinoyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Rоman Starovoyt Moskva yaqinidagi Odintsovo shahridagi shaxsiy uyida hayotdan ko‘z yumgan. Rossiya Davlat Dumasining Mudofaa qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolov uning o‘lim sababini o‘z joniga qasd qilish deb atadi.
Rоман Starovoyt transport vaziri lavozimida bir yildan ortiq ishlagan. U bunga qadar besh yil davomida Kursk viloyati gubernatori bo‘lgan. Starovoytdan so‘ng Kursk viloyatiga vaqtinchalik gubernator etib tayinlangan Aleksey Smirnov keyinchalik iste’foga chiqqan va hibsga olingan.
Telegramdagi Mash kanali xabariga ko‘ra, Starovoytning o‘z joniga qasd qilishi Kursk viloyatining Ukraina qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan hududlarida mudofaa inshootlari qurilishi bilan bog‘liq korrupsiya ishlariga aloqador bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Starovoytning vafoti rasmiy tarzda e’lon qilingan lavozimdan ozod etilishidan oldin, shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Forbes va boshqa manbalar bu ma’lumotni tergovga yaqin manbalarga tayangan holda tasdiqlagan.
Aytishlaricha, Starovoyt bugun ertalab Tashqi ishlar vazirligida yig‘ilishda qatnashgan va iste’fo qarori e’lon qilinishidan avval ish joyida bo‘lgan.







