Rossiya turoperatorlari Afg‘onistonga ilk sayyohlik turlarini taklif qila boshladi
Avgust oyida 10 kishidan iborat guruh poytaxt Qobulga yo‘l oladi.

Rossiyalik turoperatorlar Afg‘onistonga rasmiy tarzda birinchi sayyohlik guruhini jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Avgust oyida 10 kishidan iborat guruh poytaxt Kobulga yo‘l oladi. Sayohat narxi 3 ming dollardan boshlanadi. Tashkilotchilar bu turistik yo‘nalishni “ekzotik va tarixiy tajriba” sifatida taqdim etmoqda.
Sayohat dasturiga bir nechta tarixiy obidalar bo‘ylab ekskursiyalar, Tolibon nazorati ostidagi madaniy tadbirlar va doimiy qurolli xavfsizlik xizmati kiradi. Mehmonlarga mahalliy oshxonadan taomlar, an’anaviy bozorlar va qadimiy masjidlar bilan tanishish imkoniyati beriladi.
Rossiya Afg‘onistonda Tolibon hokimiyatini de-fakto tan olgan davlatlardan biri hisoblanadi. Shu sababli turizm sohasidagi ilk aloqalar ham aynan Rossiyadan boshlangan. Turfirmalar bu yo‘nalish hozircha faqat “sayohat ixlosmandlari va xavfni ko‘zlab sayohat qiluvchilar” uchun mos ekanini tan olmoqda.
Ekspertlar esa bu tashabbus xavfsizlik jihatidan jiddiy baholanishi lozimligini ta’kidlashmoqda. Tolibon nazoratidagi hududda turistik harakatlanish hanuzgacha barqaror emas, ammo bu Rossiya-Afg‘oniston o‘rtasidagi yangi turizm aloqalarining boshlanishi sifatida qaralmoqda.







