Jahon

Pulli yo‘llar imkoniyatmi yoki to‘siq?

Hozirda mavjud yo‘llarni saqlash va taʼmirlashda ko‘zga ko‘rinadigan natijalar yo‘q bo‘layotgan bir paytda yangi pulli yo‘llar sifati, xavfsizligi va adolatli to‘lov tizimiga jamoatchilik ishonchi hali to‘liq shakllanmagan.

Pulli yo‘llar imkoniyatmi yoki to‘siq?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida muhokama etilgan “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasida O‘zbekistonda pulli yo‘llarni joriy etish imkoniyati nazarda tutilyapti.

 

Quyi palata xabariga ko‘ra, Qonun loyihasi bilan “avtomobil yo‘llarini rejalashtirish” mexanizmi joriy etilib, yo‘l infratuzilmasini aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirish nazarda tutilmoqda.

 

Shuningdek, qonun loyihasiga kommunikatsiya tarmoqlarini qurishda yo‘llarning avvalgi holatini tiklash xarajatlarini qoplash sharti kiritilmoqda. Yo‘llarda katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi tartibga solinmoqda. Ajratilgan va yo‘l bo‘yi mintaqalarida xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirishga oid talablar belgilanmoqda. Qonun loyihasining yana bir asosiy jihati, bu pulli yo‘llar tarmog‘ini barpo etishning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Bunda ayrim yo‘llar xususiy investorlar mablag‘lari hisobidan qurilib, ulardan foydalanish belgilangan tartibda to‘lovli bo‘ladi.

 

Loyiha rasmiy jihatdan davlat byudjetini yengillashtirish, xususiy investitsiyalarni jalb etish va yo‘l infratuzilmasini zamonaviylashtirishdek muhim maqsadlarni ko‘zlashi mumkin. Ammo amalda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Ushbu tartibning joriy etilishi o‘zbekistonliklar uchun nechog‘lik ahamiyatli? Pulli yo‘llar imkoniyatmi yoki to‘siq? Ayni paytda masala muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu savolga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti yoshlar tadbirkorligi, raqobatni rivojlantirish va sanoat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Bobur Ismoilov o‘z munosabatini bildirdi.

 

— Bu borada partiyalar fraksiya yig‘ilishlarida bildirilgan eʼtirozlar, xususan o‘zimning ayrim fikrlarimga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

 

Birinchidan, amalda “tanlov erkinligi” degan tushuncha so‘zda qolib ketmasligi zarur. Pulli yo‘l barpo etilishi fuqaro aynan shu yo‘ldan o‘tishga majbur qilinadigan holatni yaratmasligi, unga mos va sifatli bepul muqobil yo‘llar taklif etilishi lozim.

 

Ikkinchidan, pulli yo‘llar qurilishi uchun ajratiladigan yerlar, ularning marshrutlari va ustuvorliklarida shaffoflik bo‘lmasa, bu korrupsion tavakkalchiliklarga olib kelishi mumkin.

 

Uchinchidan, hozirda mavjud yo‘llarni saqlash va taʼmirlashda ko‘zga ko‘rinadigan natijalar yo‘q bo‘layotgan bir paytda yangi pulli yo‘llar sifati, xavfsizligi va adolatli to‘lov tizimiga jamoatchilik ishonchi hali to‘liq shakllanmagan.

 

Pulli yo‘llar joriy etilishini faqat moliyaviy raqamlar va byudjet yuki orqali emas, balki fuqarolarning hayot sifati, ijtimoiy tenglik va iqtisodiy adolat nuqtai nazaridan baholash lozim. Bunday loyihalar jamoatchilik fikri va manfaatlari bilan hamohang holda amalga oshirilishi kerak, deydi deputat.

 

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan quyi palata yig‘ilishida qayd etilishicha, yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikri va atrof-muhitga taʼsirini inobatga olish hamda piyodalar uchun to‘siqsiz muhitni yaratish bo‘yicha qatʼiy talablar o‘rnatilmoqda.

 

Zamon.uz bu borada jamoatchilik munosabatini o‘rganadi va tez orada mavzuga yana qaytamiz.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"