Jahon

AQSh Isroilning G‘azoni to‘liq bosib olish rejasiga qarshi chiqdi

Oq uyda bo'lib o‘tgan muzokarada AQSh, Isroil va Qatar vakillari o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini muhokama qildi.

AQSh Isroilning G‘azoni to‘liq bosib olish rejasiga qarshi chiqdi

AQSh Isroil tomonidan taklif etilgan G‘azo sektorida harbiy bosqinni davom ettirish rejasini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan. Bu haqda Axios nashri muzokaralar bilan tanish manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, Oq uyda AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff, Isroilning strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer va Qatar vakili ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

 

Mazkur uchrashuvda o‘t ochishni to‘xtatish shartlari, xavfsizlik kafolatlari va mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish variantlari muhokama qilingan. Ammo, AQSh Isroil tomonidan G‘azo sektorini to‘liq bosib olish (okkupatsiya qilish) rejasini qo‘llab-quvvatlamasligini qat’iy bildirgan.

 

Muzokaralar davomida tomonlar mojaroga barham berish va tinchlik yo‘lida harakat qilish zarurligini ta’kidlagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSh Isroilning G‘azoni to‘liq bosib olish rejasiga qarshi chiqdi | Zamon.uz