Jahon

Eron rasmiysi Trampga suiqasd tahdidi bilan chiqdi

Eron hukumati “Qon shartnomasi” nomli platforma orqali Tramp va Netanyaxuga nisbatan ochiq tahdidlar qildi.

Eron rasmiysi Trampga suiqasd tahdidi bilan chiqdi

Eron Oliy rahnamosining maslahatchisi Javad Larijoniy AQShning prezidenti Donald Trampga nisbatan ochiq tahdid bilan chiqdi. Eron davlat televideniyesida bergan intervyusida Larijoniy Trampga nisbatan dron orqali suiqasd uyushtirish imkoniyati haqida bayonot berdi. Bu haqda Oxu.Az xabar berdi.

 

Uning aytishicha, Tramp Floridadagi Mar-a-Lago kurortida dam olayotganida “kichik dron” yordamida hujum uyushtirish "juda oddiy" bo‘lishi mumkin. “Tramp quyoshda toblanayotganida kichik dron uning qornini teshib qo‘yishi mumkin. Bu juda oddiy”, — deya tahdidli fikr bildirdi Larijoniy.

 

Mazkur bayonot “Qon shartnomasi” deb nomlangan yangi onlayn platforma ishga tushirilgan davrga to‘g‘ri keldi. Platforma Eron hukumati tarafidan “Xudoning dushmanlari” deb atalgan shaxslarni jazolashga da’vat etadi va ular orasida ayniqsa Donald Tramp va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ajratib ko‘rsatilgan.

 

Sayt ushbu shaxslar ustidan “jazoni amalga oshirish” uchun mukofotlar taklif qilmoqda. Ushbu platformaning asosiy maqsadi Oyatulloh Ali Xomanaiyga qarshi harakat qilgan deb hisoblangan shaxslar ustidan “adolatni qaror toptirish” ekani aytilmoqda.

 

Donald Tramp esa ushbu tahdidlarni izohlar ekan, Erondan kelayotgan bayonotlarning real kuchga ega emasligiga ishora qilgan, biroq ehtimoliy xavfni inkor etmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.