Xitoyda 19 yil pora olib kelgan amaldor o‘limga hukm qilindi
Sud hukmi bilan uning barcha mol-mulki musodаra qilinadi.

Kecha, 9-iyul kuni Lyuchjou shahri sudi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq siyosiy maslahat kengashi raisining sobiq o‘rinbosari Dou Vanguyni poraxo‘rlikda aybdor deb topdi. Bu haqida Kommersant.ru nashri yozmoqda.
Xabar qilinishicha, Dou Vangui 2024 yil martida tergov qilingan va o‘sha yilning oktyabrida hibsga olingan. Tergovda ayblanuvchi 19 yil davomida (2003-2022 yillar) korrupsiya jinoyatlarini sodir etganligini aniqlangan.
U Shinjonda turli rahbarlik lavozimlarida ishlab, o‘z vakolatlaridan foydalangan holda noqonuniy shartnomalar tuzgan, Umuman olganda, uning bu yo‘nalishdagi noqonuniy daromadi taxminan 229 million yuanga (deyarli 32 million dollar) baholanmoqda.







