Hindistonda professional tennischi qiz otasi tomonidan otib o‘ldirildi
25 yoshli Radxika uch marotaba o‘qqa tutilgan.

25 yoshli professional tennischi Radxika Yadav daromad va shaxsiy hayot masalasida yuzaga kelgan oilaviy mojaro vaqtida otasi tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda Oxu.Az Hindiston ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar bermoqda.
Radxika uch marotaba o‘qqa tutilgan. Og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilganiga bois, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qotillikka maishiy va oilaviy nizolar sabab bo‘lgan. Ota qizining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi va qisqa videolarni muntazam joylab borishidan noroziligini yashirmagan.
Ammo tergovchilar qotillikning chuqur ildizlari borligini ta’kidlashmoqda. Ularning aytishicha, ota Radxikaning mustaqil tennis akademiyasini boshqarishi va bu orqali daromad topayotgani, shu sababli qarindoshlar va qo‘shnilarning tanqidlariga uchraganidan g‘azablangan.







