Jahon

Yevropada tajovuzkor chumolilar infratuzilmalarga zarar yetkazmoqda

Shveytsariyada chumolilar 3 milliard funtlik loyiha qurilishini to‘xtatgan.

Yevropada tajovuzkor chumolilar infratuzilmalarga zarar yetkazmoqda

Buyuk Britaniyada ekologlar yangi xavf haqida ogohlantirmoqda – mamlakat hududida “super chumolilar” deb ataluvchi Tapinoma magnum turlari tez sur’atda ko‘paymoqda. Koloniyalar soni 5 millionga yaqinlashgan.

 

Daily Mail nashriga tayanib Oxu.Azning ma'lum qilishicha, ushbu chumolilar ilgari Yevropaning Germaniya, Fransiya va Shveytsariya kabi davlatlarida ham jiddiy muammolar keltirib chiqargan – piyodalar yo‘laklarining cho‘kishi, elektr ta’minotidagi uzilishlar va qurilish infratuzilmalarining buzilishi shular jumlasidandir.

 

Ko‘rinishidan oddiy qora chumolilarga o‘xshagan bu turlar nihoyatda tajovuzkor va o‘zgacha ijtimoiy tuzilishga ega. Ularning koloniyalarida minglab malika bo‘lishi mumkin. Eng ajablanarlisi – har bir koloniya bir-biriga raqib emas, balki hamkor sifatida yondashadi. Natijada ulkan super koloniyalar paydo bo‘ladi va ular o‘z hududini yashin tezligida kengaytiradi.

 

Shveytsariyada ana shunday yirik koloniya 3 milliard funt sterlinglik infratuzilma loyihasini to‘xtatishga majbur qilgani aytilmoqda.

 

Britaniyalik olimlar chumolilar allaqachon G‘arbiy Sasseks va Ssilli orollarida aniqlanganini bildirishmoqda. Ularning ta’kidlashicha, insektitsidlar ham samarasiz – “super chumolilar” zaharni aniqlab, ustidan tuproq bilan yopib tashlaydi.

 

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi bu tur uchun yanada qulay muhit yaratmoqda va ularning shaharlarga kirib borish xavfi ortib bormoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yevropada tajovuzkor chumolilar infratuzilmalarga zarar yetkazmoqda | Zamon.uz