Jahon

AQSh Kuba prezidentiga nisbatan viza sanksiyalarini joriy qildi

Qo‘shma Shtatlar ushbu sanksiyalarni amaldorlarning oila a’zolariga, shuningdek Kuba adliya va jazoni ijro etish tizimidagi ayrim xodimlarga ham tatbiq etmoqda.

AQSh Kuba prezidentiga nisbatan viza sanksiyalarini joriy qildi

AQSh ma’muriyati Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel va mamlakatning ikki yuqori lavozimli amaldoriga nisbatan viza cheklovlari joriy etdi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio rasmiy bayonotida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ushbu sanksiyalar inson huquqlarining qo‘pol buzilishi bilan bog‘liq harakatlar uchun qo‘llanilgan.

 

Sanksiyalar Kuba Inqilobiy Qurolli Kuchlari vaziri Alvaro Lopes Miera va Ichki ishlar vaziri Lazaro Alberto Alvarez Kasasga ham tegishli. Bayonotda ularning 2021 yil iyul oyidagi norozilik namoyishlarida ishtirokchilarni noqonuniy hibsga olish va qiynoqlarga solish holatlariga aloqadorligi ta’kidlangan.

 

Qo‘shma Shtatlar ushbu sanksiyalarni amaldorlarning oila a’zolariga, shuningdek Kuba adliya va jazoni ijro etish tizimidagi ayrim xodimlarga ham tatbiq etmoqda. Mazkur shaxslarning ismlari va lavozimlari ochiqlanmagan.

 

Bundan tashqari, AQSh Gavanadagi Torre K mehmonxonasi kabi Kuba hukumati bilan aloqador deb hisoblangan 11ta mulkka ham moliyaviy sanksiyalar joriy qilganini bildirdi. Mulklarning to‘liq ro‘yxati esa hozircha e’lon qilinmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh Kuba prezidentiga nisbatan viza sanksiyalarini joriy qildi | Zamon.uz