Rossiya hujumida Ukrainadagi yirik elektronika zavodi vayron qilindi
“Elektron” korporatsiyasi binosi tungi hujum chog‘ida portlashlar natijasida jiddiy zarar ko‘rgan.

Ukrainaning “Strana.ua” nashrining yozishicha, Rossiya tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi havo hujumlari oqibatida Lvov shahrida joylashgan, turli xil elektronika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik “Elektron” korporatsiyasining binosi vayron bo‘ldi.
Nashrning Telegram-kanalida e’lon qilingan ma’lumotda “Lvovda tungi hujum chog‘ida ‘Elektron’ korporatsiyasi binosi butkul zarar ko‘rdi”, deyiladi.
Shanbaga o‘tar kechasi Ukraina ommaviy axborot vositalari Lvov va mamlakatning boshqa shaharlarida ham bir nechta portlashlar sodir bo‘lganini xabar qilgan.







