Jahon

Shimbuloq Qozog‘iston-O‘zbekiston turizm klasterining markaziga aylanadi

Qozog‘iston Shimbuloq va Oyqorag‘ay oralig‘ida ikki yangi qo‘riqxona tashkil etadi.

Shimbuloq Qozog‘iston-O‘zbekiston turizm klasterining markaziga aylanadi

Qozog‘iston turizm infratuzilmasini jadal kengaytirmoqda. Sayyohlar oqimining keskin ortishi sabab, mashhur Shimbuloq tog‘ kurorti atrofida yangi va yirik tog‘ klasteri shakllantirilmoqda.

 

Bu haqda “Shimbuloq” kurorti bosh direktori Rinat Abdrahmonov Turkiy davlatlar tog‘-chang‘i kurortlari ittifoqining birinchi sammitida ma’lum qildi.

 

Uning aytishicha, markaziy zona doirasida Shimbuloq va Oyqorag‘ay oralig‘ida ikki yangi qo‘riqxona tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ular yagona tog‘ klasteri tizimida birlashtiriladi.

 

Loyiha haqida Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlarining so‘nggi uchrashuvida ham so‘z borgan. Shimbuloq zonasini kengaytirish tashabbusi aynan o‘sha muzokaralarda muhokama qilingan.

 

16 km uzunlikdagi chang‘i yo‘llari 147 km gacha kengaytirilishi rejalashtirilgan. 25-may kuni Qozog‘iston Bosh vaziri mazkur loyihani rasmiy ishga tushirdi va bu yil tender jarayonlari boshlanishi e’lon qilindi.

 

“Biz endi alohida kurortni emas, balki butun tog‘ zonasini kompleks rivojlantirishga e’tibor qaratmoqdamiz”, — dedi Abdrahmonov.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Shimbuloq Qozog‘iston-O‘zbekiston turizm klasterining markaziga aylanadi | Zamon.uz