Jahon

Trampning ruhiy holati yomonlashmoqda

CIAning sobiq tahlilchisi Larri Jonson Trampning ruhiy salomatligida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar borligini ma’lum qildi.

Trampning ruhiy holati yomonlashmoqda

AQSh prezidenti Donald Trampning ruhiy salomatligida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasining (CIA) sobiq tahlilchisi Larri Jonson YouTube’dagi Judging Freedom kanalida ma’lum qildi, deb xabar beradi Oxu.Az.

 

Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, u Tramp bilan so‘nggi 18 oy ichida muntazam uchrashib kelayotgan ishonchli manba bilan suhbatlashgan.

 

“Suhbatdoshimning aytishicha, Trampning so‘nggi uchrashuvlardagi holatida aniq o‘zgarishlar bor. Uning yoshi o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda”, — dedi Jonson.

 

U, shuningdek, Trampning nutq uslubi va ifoda tarzida sezilarli o‘zgarishlar mavjudligini qayd etdi va bu kognitiv funksiyalar zaiflashayotganining belgisi bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

 

Jonsonning fikricha, prezidentda “nimadir noto‘g‘ri” va bu salomatligi bilan bog‘liq xavotirli holatni ko‘rsatmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Trampning ruhiy holati yomonlashmoqda | Zamon.uz