Jahon

“Bu ota-onamdan qolgan” — Putin uxlashdan oldin Kremldagi chiroqlarni o‘zi o‘chiradi

Rossiya Prezidenti bolaligi va ayrim odatlari haqida gapirib berdi.

“Bu ota-onamdan qolgan” — Putin uxlashdan oldin Kremldagi chiroqlarni o‘zi o‘chiradi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uxlashdan avval barcha chiroqlarni o‘chirib yotish odati ota-onasidan meros bo‘lib qolganini aytdi. Bu haqda u VGTRK jurnalisti Pavel Zarubin bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.

 

“Men uxlayotganimda barcha chiroqlarni o‘chiraman. Bu bolalikdan qolgan odat. Onam va otam ham buni shunday qilardi. Shuning uchun bu men bilan abadiy qoladigan narsa”, — dedi Putin.

 

Shuningdek, u 2021-yilda “Okean” bolalar markazi o‘quvchilari bilan uchrashuvda bolaligida dengizchi, uchuvchi va razvedkachi bo‘lishni orzu qilganini, ammo hayot uni Vatanga xizmat yo‘liga olib chiqqanini ta’kidlagan edi.

 

“Bugun men aynan shunday yo‘ldaman va orzularimga erishganman, deb hisoblayman”, — deya qo‘shimcha qilgan edi prezident.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Bu ota-onamdan qolgan” — Putin uxlashdan oldin Kremldagi chiroqlarni o‘zi o‘chiradi | Zamon.uz