Jahon

Germaniyaga ketayotgan afg‘onlar Pokistonda hibsga olinmoqda

Pokiston Germaniyaga muhojirlarni olib chiqish uchun 30-iyungacha muddat belgilagan edi.

Germaniyaga ketayotgan afg‘onlar Pokistonda hibsga olinmoqda

Pokiston va Germaniya o‘rtasida diplomatik ziddiyat kuchaymoqda. Bunga Germaniyaga borish uchun ruxsatnoma olgan, ammo Islomobodda qolib ketgan 2 500 dan ortiq afg‘onistonlik fuqarolarning taqdiri sabab bo‘lmoqda.

 

2021-yilda Tolibon hukumatga kelganidan so‘ng Germaniya ushbu afg‘onlarni qabul qilishga va’da bergan edi. Biroq hujjatlarni tekshirish jarayoni cho‘zilib ketgani bois, ko‘pchilik afg‘onistonliklar Pokistonda vizasi muddati o‘tgan holatda qolib ketdi.

 

WELT nashri xabarlariga ko‘ra, Germaniyaning migratsiya ishlari bo‘yicha federal idorasi va politsiyasi hujjatlarni tekshirishni sekin amalga oshirmoqda — o‘rtacha kutish muddati 8 oyga cho‘zilmoqda.

 

Pokiston esa bu vaziyatga ko‘z yuma olmay, Germaniyaga afg‘onlarni olib chiqish uchun ikki marotaba muddat belgilagan. So‘nggi muddat 30-iyun kuni tugadi. Shu bilan birga, rasmiylar afg‘onlar yashayotgan uylarni reyd qilmoqda.

 

Taxminan 150 nafar shaxs deportatsiya markazlariga yuborilgan. Ulardan ba'zilari Germaniyaning aralashuvi bilan qayta ozod qilingan, biroq vaziyat hanuz keskin.

 

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi afg‘onlar deportatsiyasini to‘xtatish maqsadida muzokaralar olib bormoqda.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

custom img

AQSh sudi yangi viza qoidalarini blokladi: jurnalist va talabalar uchun cheklovlar vaqtincha to‘xtatildi

Taklif etilgan yangi tartibga ko‘ra, xorijiy talabalar AQShda to‘rt yilgacha, jurnalistlar esa 240 kungacha qolishi mumkin edi.

custom img

Tramp muzokarani taklif qildi, Eron shart qo‘ydi

Eron rasmiysi AQSh bilan muzokaralar uchun belgilangan shartlarga amal qilinishini talab qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"