Internetda tarqalgan video Ispaniyada ommaviy tartibsizliklarga sabab bo‘ldi
Politsiya ijtimoiy tarmoqlardagi “layk uchun zo‘ravonlik” holatlarini xavfli tendensiya sifatida qayd etmoqda.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Ispaniyaning Torre-Pacheco shahrida yuz bergan mojaro ortidan mamlakat bo‘ylab tartibsizliklar kuchaymoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, internetda tarqalgan videoda marokashlik muhojirlar guruhi 70 yoshli ispan fuqarosi Domingo ismli erkakka hujum qilgani tasvirlangan. Video mahalliy aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda g‘azab to‘lqinini keltirib chiqargan.
Kechasi muhojirlar guruhlari pichoqlar bilan yo‘lovchilarga hujum qila boshlagan. Bu esa ispan fuqarolari tomonidan jamoaviy qarshilikka sabab bo‘lib, voqea keng ko‘lamli to‘qnashuvlarga aylangan. Ko‘chalarda yuz bergan janjallar mamlakatning boshqa hududlariga ham tarqalgan.
Politsiya vakillarining qayd etishicha, zo‘ravonlikni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rish va "layk" yig‘ish ilinjida qilinayotgan hujumlar yanada kuchaytirgan.







