Jahon

Rossiya yagona aviatashuvchi kemasidan voz kechishi mumkin

2018-yildan beri ta’mirda bo‘lgan kema bo‘yicha yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinadi.

Rossiya yagona aviatashuvchi kemasidan voz kechishi mumkin
  • Rossiya Mudofaa vazirligi mamlakatdagi yagona aviatashuvchi kema — “Admiral Kuznetsov” kreysyerini ta’mirlash va flot tarkibiga qaytarishdan voz kechishi mumkin. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar berdi.
  •  
  • Ma’lum qilinishicha, 2018-yildan beri kapital ta’mirda bo‘lgan kema hozirda modernizatsiya qilinmayapti. Kemani tiklash masalasi bo‘yicha yakuniy qaror tez orada qabul qilinishi kutilmoqda.
  •  
  • Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondonligi va “Birlashtirilgan kemasozlik korporatsiyasi” vakillari “Admiral Kuznetsov”ni jangovar flot tarkibiga qaytarish maqsadga muvofiqligi yuzasidan muhokamalar olib bormoqda.
  •  
  • Tinch okeani floti sobiq qo‘mondoni, admiral Sergey Avakyans aviatashuvchini ta’mirlashdan voz kechishni “to‘g‘ri qaror” deb atadi. Unga ko‘ra, bunday kemalar eskirgan texnologiya bo‘lib, zamonaviy urushlar robotlashtirilgan tizimlar va dron tashuvchilarni talab qiladi.
  •  
  • Agar ta’mirlash to‘xtatilsa, “Admiral Kuznetsov” utilizatsiya qilinib, metalga topshirilishi mumkin.
  •  
  • Hozirda dunyoda atigi 10 ta davlatda aviatashuvchi kema mavjud. Ulardan eng kattasi AQSh floti hisoblanib, 11 ta aviatashuvchiga ega. Xitoyda esa 3 ta bunday kema bor.
Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiya yagona aviatashuvchi kemasidan voz kechishi mumkin | Zamon.uz