Jahon

Rossiya yozning ikkinchi yarmida Ukrainaga yirik hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda

Kreml Shimoliy Koreyadan olingan dron va o‘q-dorilarni hujumda qo‘llamoqchi.

Rossiya yozning ikkinchi yarmida Ukrainaga yirik hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda

Germaniyaning Bild nashri manbalariga tayanib yozishicha, Rossiya yozning ikkinchi yarmida Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli hujumni amalga oshirishni mo‘ljallamoqda.

 

Qayd etilishicha, Kreml bu reja doirasida Shimoliy Koreyadan olingan dronlar va o‘q-dorilar hamda boshqa jamlangan resurslardan foydalanishni ko‘zlamoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum Donetsk va Xarkov yo‘nalishlarida frontni yorib o‘tishga qaratiladi. Rossiya tomoni strategik aviatsiya va Shahed dronlari yordamida keng ko‘lamli zarbalar berishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu harakatlar Ukraina qurolli kuchlarini zaiflashtirish va ehtimoliy muzokaralar oldidan ularni charchatishga xizmat qiluvchi strategiyaning bir qismi sifatida baholanmoqda.

 

Nashr xabarlariga ko‘ra, Ukraina zudlik bilan havo mudofaa salohiyatini kuchaytirishi va ittifoqchilarning qo‘shimcha harbiy yordamiga muhtoj. Aks holda, Rossiyaning yangi hujum to‘lqiniga qarshi turish qiyinlashadi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiya yozning ikkinchi yarmida Ukrainaga yirik hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda | Zamon.uz