Jahon

Ispaniyada salkam 1200 nafar odam issiqdan vafot etdi

Halok bo‘lganlarning asosiy qismi qariyalardan iborat.

Ispaniyada salkam 1200 nafar odam issiqdan vafot etdi

May-iyul oylarida kuzatilgan o‘ta yuqori harorat Ispaniyada 1180 kishining bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqida mamlakat sog'liqni saqlash vazirligi xabar berdi.   

 

Qayd etilishicha, 16-maydan 13-iyulgacha issiqlik to‘lqinlari bilan bog‘liq 1180 ta o‘lim qayd etilgan. Halok bo‘lganlarning asosiy qismi (95 foizdan ortig‘i) 65 yoshdan oshganlardir.

 

O‘tgan yilning shu davrida Ispaniyada jazirama tufayli 70 kishi halok bo‘lgandi. Bundan tashqari, iyul oyining birinchi haftasida Ispaniyada issiqlik bilan bog‘liq o‘limlar soni iyun oyidagi umumiy ko‘rsatkichga nisbatan 47 foizga oshgan.

 

Ispaniyaning jazirama to‘lqinlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlari mamlakatning shimoliy qismida joylashgan Galisiya, La-Rioxa, Asturiya va Kantabriya bo‘ldi, ularda so‘nggi yillarda anʼanaviy tarzda yozgi issiq havo harorati sezilarli darajada oshgan.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"