Rossiyada muhojirlarning xorijga pul o‘tkazmalari cheklanishi mumkin
Endilikda muhojirlar faqat maosh miqdorigacha pul o‘tkaza oladi.

Rossiya Davlat Dumasi deputatlari muhojirlarning xorijga yuboradigan pul mablag‘lariga cheklov qo‘yishni taklif qildi. Taklifga ko‘ra, muhojirlar rasmiy maosh miqdoridan ortiq miqdorda pul o‘tkazmoqchi bo‘lsa, daromad manbasini tasdiqlovchi deklaratsiya taqdim etishi shart bo‘ladi.
Ushbu tashabbusni deputatlar Aleksey Nechayev, Sardana Aksentyeva va Vladimir Plyakin Rossiya Markaziy bankiga taqdim etgan. Ularning fikricha, bu choralar moliyaviy operatsiyalar shaffofligini oshirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Ayni paytda bu taklif muhokama bosqichida bo‘lib, rasmiy qaror hali qabul qilinmagan.







