Jahon

Suriyada yana urushlar boshlandi. Isroil mojaroga aralashmoqda

Druz guruhlari va badaviy jangchilar o‘rtasida boshlangan qurolli mojaro keskin tus olmoqda. O’nlab qurbonlar, yuzlab jarohatlanganlar bor.

Suriyada yana urushlar boshlandi.  Isroil mojaroga aralashmoqda

Suriya janubidagi Suvayda viloyatida qurollangan druz guruhlari va badaviy jangchilar o‘rtasida boshlangan qurolli mojaro keskin tus oldi. To‘qnashuvlar 13-iyul kuni bir-birini o‘g‘irlash holatlaridan boshlangan. Natijada ikki tomon o‘rtasida otishma yuzaga kelib, og‘ir yo‘qotishlarga olib keldi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘ldi, ulardan 27 nafari druz jamoasiga mansub. Qurbonlar orasida bolalar ham bor. Mahalliy kasalxonalarda 100 dan ortiq yaradorlarga yordam ko‘rsatilmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 90 nafardan oshgan.

 

Suriya Mudofaa vazirligi tinchlikni tiklash maqsadida viloyatga harbiy kuchlar yuborganini ma’lum qildi. Vaziyat keskinlashgani sababli Isroil armiyasi Suvayda hududidagi hukumat harbiy transport vositalariga zarbalar berdi. Isroil rasmiylari bu harakatni "druz fuqarolarini himoya qilish" deb izohladi.

 

Rasmiy Tel-Aviv Suvayda va unga tutash hududlar demilitarizatsiya qilinishini talab qilmoqda. Isroil hukumati bu yerda yangi tuzilgan Suriyaning muvaqqat hukumati tomonidan xavfsizlik tahdidi paydo bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.

 

Suriya prezidenti Ahmad al-Shar’a esa mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni tiklashga chaqirib, xavfsizlik kuchlarini mojaro hududlariga joylashtirishni buyurdi. Shu bilan birga, diniy yetakchilar va mahalliy hokimiyat vakillari tinchlikni saqlashga chaqirmoqda.

 

Suriya Tashqi ishlar vazirligi barcha davlatlarni Suriya suverenitetini hurmat qilishga va tashqi aralashuvlardan tiyilishga chaqirdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Suriyada yana urushlar boshlandi. Isroil mojaroga aralashmoqda | Zamon.uz