Chorvoqda kurort majmua qurish ekologik xavf tug‘dirmaydimi?
So‘nggi paytlarda Chorvoq suv ombori sohilida kurort majmua qurilishi haqidagi xabarlar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Jamoatchilik faollarini ushbu qurilish ekologiya bo‘yicha xavotirlariga sabab bo‘lgan. Tadbirkor Emin Agalarov Bokudagi xuddi shunday kurort qanday tashkil etilganini ko‘rsatdi va bu borada qiziqtirgan savollarga javob berdi.

So‘nggi paytlarda Chorvoq suv ombori sohilida “Sea Breeze” kurorti qurilishi haqidagi xabarlar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Jamoatchilik faollarini ushbu qurilishi ekologiya bo‘yicha xavotirlariga sabab bo‘lgan. Ushbu kurort maskanni ozarbayjonlik tadbirkor Emin Agalarov barpo etyapti. Muhokamalarga javoban, Agalarov Development kompaniyasi Bokudagi xuddi shunday kurort qanday tashkil etilganini o‘zbekistonlik jurnalistlar va bir nechta tashkilotlari vakillariga ko‘rsatdi. Bu borada qiziqtirgan savollarga javob berdi.
“Men "See Breeze" Ozarbayjon, O‘zbekiston,Chernogoriya yoki Qozog‘iston kabi ko‘plab davlatlarda eng yaxshi ekologik loyiha bo‘lishini istayman. Shuning uchun loyihani toza plyajlar, bog‘lar, bulvarlar, sifatli infratuzilma va kommunikatsiyalarsiz tasavvur qila olmayman. Men qurayotgan hamma narsa nafaqat chiroyli, balki barqaror, mintaqaga foyda keltiradigan bo‘lishi kerak”, — dedi "See Breeze" asoschisi Emin Agalarov.
Qayd etilishicha, Ozarbayjonda "See Breeze" har bir qurilish bosqichida ekologik ekspertizadan o‘tadi. Suv va tuproq muntazam tahlil qilinadi, barcha muhandislik tizimlari nazorat ostida. 2024 yilda kurort markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimiga ulanib, faqat "See Breeze" emas, balki 50 km sohil hududi va uning atrofidagi tumanlarni ham qamrab oldi. Ilgari bu hududda yuzdan ortiq mahalliy tozalash inshootlaridan foydalanilgan. Hozirda ichimlik suvi markazlashgan manbalardan olinadi, chiqindi suvlar esa zamonaviy kollektorlar orqali yo‘naltiriladi — bu dengizni ifloslantirishning oldini olmoqda.
Loyihaning asosiy xususiyatlaridan biri — qurilish chizig‘ining qirg‘oqdan 400–500 metr uzoqlikda joylashgani bo‘lib, bu jamoatchilik uchun keng sohil hududini saqlab qolish imkonini beradi. Ruxsat etilgan 50 metrlik minimal masofaning o‘rniga bog‘lar, sayr yo‘laklari, restoranlar va hamma uchun erkin kirish mumkin bo‘lgan sohil hududlari yaratilgan. Aynan shu yondashuv Chorvoqda ham tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Emin Agalarov Chorvoqda barcha sohil hududlaridan oqova suvlarni yig‘ib, tozalovchi yagona halqa kollektor qurishni taklif qildi. Bu nafaqat kurort uchun qulaylik yaratadi, balki butun hududning holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov o‘z navbatida ekologik barqarorlik tamoyillari asosida qurilayotgan loyihalarga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
“O‘zbekistonda turizm biznesini rivojlantirishga qiziqqan hamkorlarning ekologik yondashuvlarga sodiqligi biz uchun muhim. Ekologik standartlarga muvofiq ravishda kompleks amalga oshiriladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. " See Breeze " loyihasi tashabbuskori loyihaning barcha bosqichida xalqaro vamahalliy mutaxassislar tavsiyalariga amal qilishga tayyor ekanligini tasdiqladi. Loyihada suv resurslarini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratilishi, xavf-xatarlar va ularning oldini olish strategiyasini baholovchi malakali ekspert xulosasini olish katta ahamiyatga ega”, — dedi vazir.
“Loyiha barcha ekologik meʼyorlarga mos tarzda amalga oshirilsa, Markaziy Osiyoda “yashil” turizm va barqaror rivojlanish uchun namunaviy model bo‘lishi mumkin. Natijada ish o‘rinlari yaratiladi, infratuzilmaga sarmoya kiritiladi va Chorvoqni asrash zarurligiga eʼtibor qaratiladi”, — dedi Ekologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, “EkoSfera” ijtimoiy-ekologik markazi rahbari va Ozarbayjon “Yashil tarmog‘i” asoschisi Firuza Sulton-zoda.
Loyihaga ko‘ra, Chorvoq hududida barqaror zonalashtirish modeli amalga oshiriladi — yashil muvozanatni saqlash va tiklash, daraxtlarni ro‘yxatga olish, ko‘chirish va ekish, yangi yashil koridorlar yaratish rejalashtirilgan. Ekologik sertifikatga ega qurilish materiallari va hudud landshafti hamda iqlimiga mos energiya tejovchi texnologiyalar qo‘llaniladi. Ochiq jamoat maydonlari, ekologik yo‘nalishlar, bulvarlar va sohilbo‘yi maskanlari yaratiladi.
«Bugungi kunda Chorvoq xavf ostida. Suv sifati yomonlashmoqda. Oqova suvlar yig‘ilmaydi. Agar Chorvoq hozirgi holicha qoldirilsa, uning kelajagi yagona bosh reja va dizayn kodga ega bo‘lmagan betartib qurilishlardan iborat bo‘ladi. Har kim o‘z xohishiga ko‘ra qurishda davom etadi. Chorvoq va unga tutash hududlar o‘n minglab gektar maydonni o‘z ichiga oladi. Biz faqat 500 gektarni o‘zlashtirmoqchimiz — bu umumiy hududning 1 foizini tashkil etadi. Agar aql bilan yondashsangiz, ekologiya muammo bo‘lmaydi. — degan Emin Agalarov







