Jahon

Isroil kuchlari Damashqda joylashgan Suriya Bosh shtabi va Prezident saroyiga kuchli zarba berdi

Hujum Suriya janubidagi druz aholiga qarshi harakatlarga javoban amalga oshirildi.

Isroil kuchlari Damashqda joylashgan Suriya Bosh shtabi va Prezident saroyiga kuchli zarba berdi

Isroil Mudofaa kuchlari (IDF) tomonidan Suriyaning poytaxti Damashqda joylashgan harbiy obyektlarga, jumladan, Suriya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi va Prezident saroyi binosiga zarba berildi. Bu haqda IDF va xorijiy axborot agentliklari xabar bermoqda.

 

Isroil rasmiylarining bayonotlariga ko‘ra, zarbalar Suriya janubidagi Suvayda viloyatida druz jamoasiga qarshi harakatlar ortidan amalga oshirilgan.

 

Isroil mudofaa vaziri Isroel Kats bu hujumni “Damashqqa ogohlantirish davrining tugaganiga” ishora deb atadi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagicha bayonot bergan: “Endi og‘riqli javob zarbalari boshlanadi. As-Suvaydo hududida harbiy operatsiyalar davom etadi va druzlarga hujum qilgan kuchlar yo‘q qilinadi.”

 

IDF bayonotida zarba Damashqdagi bosh shtab binosining kirish qismiga yo‘naltirilgani qayd etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba natijasida bino jiddiy zarar ko‘rgan yoki butunlay vayron bo‘lgan.

 

Isroil tomoni Suriya janubidagi vaziyatni, xususan hukumat kuchlarining druz aholiga nisbatan harakatlarini diqqat bilan kuzatib borayotganini ta’kidladi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, IDF siyosiy rahbariyat ko‘rsatmasiga binoan aniq nishonlarga zarbalar berishda davom etmoqda.

 

Hozircha hujum oqibatida qurbonlar yoki jabrlanganlar to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroil kuchlari Damashqda joylashgan Suriya Bosh shtabi va Prezident saroyiga kuchli zarba berdi | Zamon.uz