Jahon

Suriya mojarosiga diplomatik yechim: Turkiya vositachilik qildi

Turk razvedkasi va yuqori darajadagi muloqotlar natijasida druzlar va hukumat kuchlari o‘rtasida sulhga erishildi. Muzokaralarda AQSh va Isroil ham ishtirok etdi.

Suriya mojarosiga diplomatik yechim: Turkiya vositachilik qildi

Suriyada so‘nggi kunlarda avj olgan qurolli to‘qnashuvlar va Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlari ortidan mintaqada vaziyat murakkablashgan edi. Ammo Turkiya hukumati va razvedka xizmati o‘zining faol diplomatik harakatlari bilan mojaroni jilovlashda muhim vositachilik rolini o‘ynadi. Bu haqda Al Arabiya nashri turli diplomatik manbalarga tayanib xabar bermoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MIT) rahbari Ibrohim Kalin bevosita Suriyadagi druzlar yetakchisi bilan muzokaralar olib borgan. Muzokaralar davomida druz jangarilarining qurolli harakatlarini to‘xtatish va vaziyatni barqarorlashtirish masalalari muhokama qilingan.

 

Shuningdek, Kalin AQSh, Isroil va Suriyaning razvedka rahbarlari bilan alohida-alohida aloqaga chiqib, hududda sodir bo‘lgan havo hujumlarining oqibatlarini kamaytirish va tomonlarni zudlik bilan o‘zaro kelishuvga chaqirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazgan.

 

Diplomatik manbalarga ko‘ra, Kalin hatto Suriyaning Prezident administratsiyasi rahbari Ahmad al-Shara bilan muloqot olib borgan. Ular o‘rtasida Isroilning Damashq va Suvayda viloyatlaridagi hujumlari, mintaqadagi druz va badaviy guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, hamda Suriyaning ichki xavfsizlik strategiyasi muhokama qilingan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Suriya mojarosiga diplomatik yechim: Turkiya vositachilik qildi | Zamon.uz