Jahon

Issiq kunlarda chekish sog'liq uchun jiddiy muammolarga olib kelishi ma'lum qilindi

Chekishning zarari yoz faslida yanada xavfli tus oladi.

Issiq kunlarda chekish sog'liq uchun jiddiy muammolarga olib kelishi ma'lum qilindi

Chekishning zarari yoz faslida yanada xavfli tus oladi. Bunda nafaqat nikotinning o‘zi, balki yuqori harorat ham yurak-qon tomir tizimiga qo‘shimcha yuk bo‘lib, jiddiy sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Izvestiya” nashri ma’lum qilgan.

 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, issiq havoda chekish qon tomirlarining yanada siqilishiga sabab bo‘ladi. Bu esa yurak urish tezligini va qon bosimini oshiradi, natijada gipertoniya, insult va yurak xuruji xavfi kuchayadi.

 

“Issiq havoda organizm allaqachon stress ostida. Chekish esa qonning qovushqoqligini oshirib, trombotsitlar darajasini ko‘taradi. Bu tromboz (qon quyilishi) xavfini keskin oshiradi, ayniqsa inson yetarli miqdorda suv ichmasa,” — deya ogohlantirdi amaliyot shifokori va gastroenterolog Shota Kalandiya

 

Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, chekish organizmda kislorod yetishmovchiligini ham kuchaytiradi. Bu holat, ayniqsa, issiqda organizmning umumiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sabab charchoq, asabiylashish, diqqatni jamlay olmaslik va umumiy holsizlik kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

 

Shota Kalandiya shuningdek, chekish to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishini yanada zaiflashtirishini ta’kidlab, natijada qon aylanishi buzilishi, moddalar almashinuvi sekinlashishi va ish qobiliyati pasayishini qayd etgan.

 

Shifokor fuqarolarga issiq kunlarda sog‘lig‘iga alohida e’tibor berishni, ayniqsa havo harorati yuqori bo‘lsa, hech bo‘lmaganda vaqtinchalik chekishni to‘xtatishni tavsiya qilgan .

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"