Jahon

Amerikaning kruiz laynerida 134 yo‘lovchi noma’lum virusga chalindi

Kompaniya sog‘liqni saqlash va xavfsizlik borasida yuqori darajadagi chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini bildirgan.

Amerikaning kruiz laynerida 134 yo‘lovchi noma’lum virusga chalindi

Amerikaning mashhur Royal Caribbean Navigator of the Seas kruiz laynerida 134 nafar yo‘lovchi va 11 nafar ekipaj a’zosi noma’lum virusga chalindi. Kema 4-iyul kuni Los-Anjeles portidan yo‘lga chiqib, 8-iyul kuni Meksikaning Puerto-Valyarta shahrida to‘xtagan va uch kundan so‘ng AQSHga qaytib kelgan. Kruizda jami besh mingdan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan. bu haqda Daily Express nashri xabar bergan.

 

Kasallanganlar orasida o‘xshash alomatlar kuzatilgan: qusish, ich ketishi va oshqozon spazmasi. Mutaxassislar buni norovirus bilan bog‘lashmoqda, ammo aniq tashxis hali qo‘yilmagan. Royal Caribbean vakillarining ma’lum qilishicha, kasallangan yo‘lovchilar izolyatsiya qilinib, kema bortida sanitariya choralar kuchaytirilgan.

 

Kompaniya sog‘liqni saqlash va xavfsizlik borasida yuqori darajadagi chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini bildirdi. “Biz jamoat sog‘liqni saqlash idoralari tavsiyalaridan ham yuqori bo‘lgan sanitariya tartiblarini joriy etganmiz”, deydi Royal Caribbean Group vakillari.

 

So‘nggi oylarda dunyoda yana bir nechta viruslar tarqalmoqda. Iyun oyida esa Xitoy va Osiyoning boshqa mamlakatlarida COVID-19 ning yangi NB.1.8.1 varianti qayta avj olgani xabar qilingandi. Shu sabab, har qanday virusli kasalliklar atrofida ehtiyotkorlik yanada kuchaymoqda.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"