Jahon

Yadro mojarosi keskinlashmoqda: Tramp Eronga qat’iy ogohlantirish berdi

Tramp Eronda yangi yadroviy ob’ektlar qurilsa, ular AQSh tomonidan yo‘q qilinishini ta’kidladi.

Yadro mojarosi keskinlashmoqda: Tramp Eronga qat’iy ogohlantirish berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarata keskin ogohlantirish bilan chiqdi. U Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan bayonotida Eron, agar yangi yadroviy inshootlar qurishga urinadigan bo‘lsa, AQSh ularni butunlay yo‘q qilishga tayyorligini bildirgan.

 

“Erondagi uchta yadroviy ob’ekt to‘liq yoki qisman vayron qilingan. Ularni ishga tushirish uchun yillar kerak bo‘ladi. Agar ular buni yana boshlamoqchi bo‘lsa, bu inshootlar yana yo‘q qilinishidan oldin harakat qilishmasligi lozim”, – deya yozdi Tramp.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ogohlantirish Eronni yadroviy faoliyatini tiklashdan tiyishga qaratilgan. Tramp bayonotida aniqlik kiritmagan bo‘lsa-da, AQShning yadro inshootlariga qarshi ehtimoliy harbiy zarbalari haqida gap ketayotganini anglash mumkin.

 

So‘nggi oylarda Eron yadroviy boyitish darajasini oshirayotganiga oid xabarlar AQSh va xalqaro hamjamiyatda xavotir uyg‘otmoqda. Xalqaro Atom Energetikasi Agentligi (IAEA) 2024–2025 yillarda Eron uranni sanoat darajasiga yaqin darajada boyitayotgani haqida bir necha marta ogohlantirgan.

 

Eron hukumati yadroviy dastur faqat tinch maqsadlarda olib borilayotganini aytgan bo‘lsa-da, AQSh, Isroil va G‘arb davlatlari bunday da’volarga shubha bilan qarashda davom etmoqda.

 

Bu tahdidlar Eron va AQSh o‘rtasida yadro kelishuvini qayta tiklash bo‘yicha harakatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yadro mojarosi keskinlashmoqda: Tramp Eronga qat’iy ogohlantirish berdi | Zamon.uz