Jahon

15 yoshida komaga tushgan Saudiya shahzodasi olamdan o‘tdi

20 yil davomida hushiga kelmagan Alvalid bin Xolid bin Talal “uyqudagi shahzoda” nomini olgan edi.

15 yoshida komaga tushgan Saudiya shahzodasi olamdan o‘tdi

Saudiya Arabistoni Qirollik oilasining a’zosi, Alvalid bin Xolid bin Talal Al Saud uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi. U 20 yildan ortiq vaqt davomida koma holatida bo‘lgan.

 

Shahzoda Alvalid 1990-yilda tug‘ilgan bo‘lib, shahzoda Xolid bin Talal Al Saudning to‘ng‘ich farzandi va Saudiya milliarderi, taniqli arbob Alvalid bin Talal Al Saudning jiyani edi. 2005-yilda Londondagi harbiy litseyda tahsil olayotgan vaqtida yo‘l-transport hodisasiga uchragan va og‘ir bosh miya shikastlanishi hamda ichki qon ketishi oqibatida hushini yo‘qotgan. O‘sha vaqtda u atigi 15 yoshda edi.

 

Voqeadan so‘ng AQSH va Ispaniyaning yetakchi tibbiyot muassasalarida mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilgan shoshilinch va uzoq muddatli davolash choralari samara bermagan. Shunga qaramay, shahzodaning otasi, shahzoda Xolid bin Talal, farzandining hayotiga sun’iy nafas va qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalarni uzib qo‘yish haqidagi tavsiyalarni qat’iyan rad etib, doimo o‘g‘lining sog‘ayishiga umid qilib yashagan. Ba’zida kuzatilgan beixtiyor harakatlar esa oilada oz bo‘lsa-da, ijobiy siljish ehtimoli borligi haqidagi ishonchni saqlab turgan.

 

Shahzoda Alvalid bin Xolid bin Talal Al Saudning vafoti munosabati bilan Saudiya Qirollik oilasi, shuningdek, ko‘plab davlat arboblari, diniy rahbarlar va xalq vakillari tomonidan chuqur ta’ziya izhor etildi.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"