Jahon

AQSh vizalari qimmatlashadi: yangi to‘lovlar 2026-yilda kuchga kiradi

Asosan talaba va turistik vizalar narxi ikki baravardan ko‘proqqa chiqishi mumkin.

AQSh vizalari qimmatlashadi: yangi to‘lovlar 2026-yilda kuchga kiradi

2026-yildan boshlab AQSh barcha asosiy noimmigratsion vizalar uchun yangi, qo‘shimcha 250 dollarlik “viza yaxlitlik to‘lovi”ni joriy etadi. Bu to‘lov Prezident Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan va yaqinda qabul qilingan “Bir Katta Chiroyli” qonun loyihasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

 

Yangi tartib turistik (B1/B2), talaba (F/M), ishchi (H-1B) hamda almashuv dasturlariga (J) taalluqlidir. Faqat diplomatik A va G toifali vizalar bu to‘lovdan ozod etilgan.

 

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ayniqsa turistik vizani olish xarajati endilikda $450–$470 atrofida bo‘lishi kutilmoqda, bu esa hozirgi narxdan ikki yarim barobar ko‘pdir. Shuningdek, viza olish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar ham oshmoqda.

 

Yangi to‘lov qonun loyihasida “yaxshi niyat depoziti” sifatida talqin qilingan. Ariza beruvchi agar vizaning amal qilish muddati tugagach AQShni qonuniy ravishda, ya’ni belgilangan muddat ichida tark etsa, ushbu depozit qaytarilishi mumkin. Biroq talaba va ish vizalari holatida bu mablag‘ yillar davomida qolib ketishi ehtimoli mavjud.

 

Amerika Sayohat Agentliklari Uyushmasi (ASTA) va AQSh Sayohat Uyushmasi ushbu choralarni tanqid ostiga oldi. Sayohat uyushmasi rahbari Jeff Friman “bunday to‘lovlar xalqaro sayohat sanoatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, deya bayonot berdi.

 

Qonun loyihasining o‘zi esa jamoatchilikda va siyosiy doiralarda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Senatda loyiha vitse-prezident J.D. Vensning hal qiluvchi ovozi bilan, minimal farqda tasdiqlandi. 3-iyul kuni esa Vakillar palatasi uni ozchilik ustunligi bilan ma’qulladi.

 

Mashhur tadbirkor Ilon Mask qonun loyihasining ashaddiy tanqidchilaridan biri bo‘lib chiqdi. U bu choralarni “AQSh davlat qarzini orttiruvchi xavfli tashabbus” deb baholadi. Mask bu boradagi noroziligini ijtimoiy tarmoqlarda ochiq bildirgan, hattoki iyun oyida Donald Tramp bilan shaxsiy ziddiyatga ham kirishgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.