Jahon

Germaniyada elektr energiyasi tanqisligi yuzaga kelishi mumkin

Sanoat vakillari va Iqtisodiyot vazirligi muqobil energiya strategiyasining samaradorligiga shubha bilan qaramoqda.

Germaniyada elektr energiyasi tanqisligi yuzaga kelishi mumkin

Germaniya Federativ Respublikasi yaqin yillarda elektr energiyasi ta'minotida muammolarga duch kelishi mumkin. Bu haqda mamlakatdagi yetakchi nashrlardan biri — Bild gazetasi xabar bermoqda.

 

Nashrning yozishicha, Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vazirligi hamda sanoat vakillari muqobil energiya manbalariga asoslangan rivojlanish strategiyasining real imkoniyatlari borasida jiddiy xavotir bildirmoqda. Jumladan, shamol va quyosh elektr stansiyalarining joriy va rejalashtirilayotgan hajmi mamlakatning ortib borayotgan energiya ehtiyojlarini to‘liq qoplay olmasligi aytilmoqda.

 

2024-yilda Germaniyada sanoat korxonalari va aholi tomonidan jami 464 teravatt-soat elektr energiyasi iste'mol qilingan. Prognozlarga ko‘ra, 2035-yilga kelib bu ko‘rsatkich 1000 teravatt-soatgacha yetishi mumkin. Shu bilan birga, Germaniya eng kech 2038-yilgacha ko‘mir yoqilg‘isiga asoslangan elektr stansiyalarini bosqichma-bosqich to‘liq yopishni rejalashtirmoqda.

 

Energiya ishlab chiqarishdagi bu keskin o‘zgarishlar fonida muqobil manbalar — quyosh va shamol elektr stansiyalarining tezkor rivoji ta’minlanmasa, elektr taqchilligi yuzaga kelishi mumkin. Mutaxassislar bunday holat mamlakat sanoatiga va iqtisodiy barqarorlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.

 

Shuningdek, energiya zahiralarini kafolatlaydigan zaxira quvvatlar va saqlash infratuzilmasi ham hozircha yetarli darajada shakllanmagan. Bu esa energetika xavfsizligini ta’minlashda qo‘shimcha muammolarni yuzaga keltiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"