Jahon

Indoneziyada bortida 280 ga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan kema yonib ketdi

Rasmiylar halok bo‘lganlar borligi haqidagi xabarlarni hozircha tasdiqlamadi.

Indoneziyada bortida 280 ga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan kema yonib ketdi

20-iyul kuni Indoneziya suv hududlarida yo‘lovchilar bilan to‘la paromda katta yong‘in yuz berdi. Mahalliy OAV va guvohlarning bergan xabarlariga ko‘ra, parom bortida 280 ga yaqin kishi bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in pastki palubalardan quyuq qora tutun chiqishi bilan boshlangan. Bu holat bortda vahima va tartibsizlikka olib kelgan. Yo‘lovchilarning ba’zilari kemadan sakrab tushishga majbur bo‘lgan, ayrim kadrlarda parom xodimlari odamlarni evakuatsiya qilishga harakat qilayotgani, ularga qutqaruv jiletlarini mahkamlashda yordam berayotgani aks etgan.

 

Voqea joyidan olingan videolarda yo‘lovchilarning qichqirig‘i, yordam chaqiruqlari va paromning olov ichida qolgan qismi yaqqol ko‘rinadi. OAVlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, bortda bo‘lgan odamlarning ba'zilari yong‘in o‘chguncha palubada qamalib qolgan bo‘lishi mumkin.

 

Indoneziya rasmiy idoralari hozircha qurbonlar haqida aniq ma’lumot bergani yo‘q. Favqulodda vaziyatlar xizmatlari va qutqaruv guruhlari hodisa joyiga yetib borib, evakuatsiya va yong‘in o‘chirish ishlarini davom ettirmoqda. Voqeaning sabablari bo‘yicha tergov harakatlari boshlangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Indoneziyada bortida 280 ga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan kema yonib ketdi | Zamon.uz