Jahon

Tayvanda "vampir murabbiy" talaba qizlarni qon topshirishga majburlagani fosh bo‘ldi

Universitet murabbiysi talabalarni kredit bermaslik bilan qo‘rqitgan.

Tayvanda "vampir murabbiy" talaba qizlarni qon topshirishga majburlagani fosh bo‘ldi

Tayvanda ayollar futboli murabbiyasi talabalarni o‘qish krediti evaziga qon topshirishga majburlagani bo‘yicha janjal yuzaga keldi. Bu haqda South China Morning Post va Mentoday.ru nashrlari xabar berdi.

 

Tayvan Milliy Normal universitetida ishlovchi 61 yoshli murabbiy Chjou Taiying talaba qizlarga bosim o‘tkazib, ularni ko‘p miqdorda qon topshirishga undagan. Ushbu holat talabalar tomonidan oshkor qilingach, u “vampir murabbiy” laqabini oldi.

 

Ayblovlarga ko‘ra, sport krediti olish uchun talabalar hatto 14 kun ketma-ket, ba’zida kuniga bir necha marotaba qon topshirishga majbur bo‘lgan. Talabalardan biri, Tszyan ismli qizning so‘zlariga ko‘ra, u o‘qish davomida 200 ga yaqin probirka qon bergan. "Sakkizinchi kun ketma-ket qon topshirayotganimda, qo‘llarimdagi tomirlarni topish qiyin bo‘lib qolgan edi", — deya izoh berdi u.

 

Qon topshirish jarayonlari universitet hududida, “ilmiy eksperiment” sifatida o‘tkazilgan. Biroq qonni kim olgani va bu shaxslar malakali tibbiyot mutaxassislari bo‘lgan-bo‘lmaganligi noma’lumligicha qolmoqda. Ayrim talabalarning aytishicha, muntazam qon topshirish oqibatida sog‘ligi yomonlashgan va ular kasallik ta’tiliga chiqishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay, aksariyat o‘quvchilar bu haqda ota-onalariga aytishga jur’at etmagan.

 

Mazkur mojaro jamoatchilik e’tiboriga tushgach, 13-iyul kuni universitet rasmiy bayonot berib, Chjou Taiyingni barcha murabbiylik va ma’muriy lavozimlardan chetlashtirgan. Endilikda unga har qanday sport jamoasini boshqarish taqiqlangan.

 

Murabbiyning bu harakatlar orqali qanday manfaat ko‘rgani hozircha aniqlanmagan. Rasmiy donorlik qonun-qoidalariga ko‘ra, qon topshirish uchun maxsus markazlarga murojaat qilish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish talab etiladi. Bunday sharoitda, kampusda, noma’lum shaxslar tomonidan olib borilgan qon to‘plash ishlari qonuniy emasligi, hatto xavfli ekani ta’kidlanmoqda.

 

Mazkur voqea Tayvanda keng norozilik uyg‘otdi va tergov harakatlari davom etmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.