Jahon

Ukraina dronlari hujumi sababli Moskva osmoni yopildi, yuzlab parvozlar bekor qilindi

Rossiya havo mudofaasi 20 dan ortiq dronni urib tushirdi, biroq hujum Moskva osmonining yopilishiga va aviatsiya tizimida falaj holatga olib keldi.

Ukraina dronlari hujumi sababli Moskva osmoni yopildi, yuzlab parvozlar bekor qilindi

20-iyulga o‘tar kechasi Ukraina tomonidan Moskvaga uchuvchisiz uchoqlar orqali amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujum sababli Rossiya poytaxtining havo hududi vaqtincha yopildi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin va Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari rasmiy bayonot berdi deydi meduza nashri.

 

Soat 18:00 dan boshlab Rossiya havo mudofaasi kuchlari Moskva va uning atrofida 20 dan ortiq dronni aniqlab, ularning aksariyatini urib tushirdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 19 ta dron Moskva viloyati osmonida to‘xtatilgan, 16 tasi bevosita Moskva tomonga yo‘naltirilgan edi. Shuningdek, Zelenograddagi ko‘p qavatli turar-joy binosiga bir dron urilgan, binoga jiddiy zarar yetmagan, qurbonlar yo‘q. Biroq voqea joyida ikki avtomobil yonib ketgani tasdiqlandi.

 

Mazkur hujum oqibatida Moskvaning Sheremetyevo, Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida samolyotlarning kelish va jo‘nashiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Rossiya Federal havo transporti agentligi vakili Artem Korenyakoning so‘zlariga ko‘ra, parvozlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida Nijniy Novgorod, Kaluga va Yaroslavl aeroportlariga ham ta’sir ko‘rsatgan cheklovlar kiritilgan.

 

Sheremetyevoda parvozlar to‘xtab qolgan yo‘lovchilar aeroport polida va sun’iy o‘t ustida tunashga majbur bo‘ldi. Astra va boshqa Telegram-kanallarda joylashtirilgan videolavhalarda yuzlab fuqarolar yerda uxlashga majbur bo‘lgani ko‘rsatilgan.

 

"Aeroflot" va "Pobeda" aviakompaniyalari bir necha reyslarni, jumladan Minskga reyslarni bekor qilgan. NordStar aviakompaniyasi esa Krasnoyarskdan Moskvaga parvozlarini amalga oshira olmagan. Rosaviatsiyaning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, 134 ta samolyot muqobil aerodromlarga yo‘naltirilgan. Pulkovo (Sankt-Peterburg) aeroporti Moskvaga 30 ga yaqin reysni vaqtincha qabul qilgan.

 

Yo‘lovchilar aeroportda oziq-ovqat, suv va mehmonxona xizmatlari ta’minlanmaganidan shikoyat qilishgan. Antaliyadan uchib, Pulkovoda majburiy qo‘nishga duch kelgan yo‘lovchilar ekipajdan aniq ma’lumot ololmagani, 400 ga yaqin inson, jumladan, bolalar samolyotda qolib ketgani, kompaniya vakillari esa hech qanday yordam ko‘rsatmaganini bildirgan.

 

20-iyul kuni tushdan keyin Moskvadagi Sheremetyevo va Vnukovo aeroportlarida cheklovlar qisqa muddatga bekor qilindi, biroq Moskva vaqti bilan 12:30da Sheremetyevoda, so‘ngra Vnukovoda cheklovlar yana tiklandi.

 

Mazkur voqeaga javoban Rossiya ham Ukrainaga qarata havo hujumlari uyushtirgan. Ukraina Harbiy havo kuchlari 57 ta drondan 18 tasini urib tushirganini, 7 tasi esa elektron urush vositalari yordamida yo‘ldan adashtirilganini bildirdi.

 

So‘nggi kunlarda Ukraina dronlarining Rossiya hududiga hujumlari sezilarli darajada kuchaygan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Zelenskiy-Tramp o‘rtasidagi 4-iyuldagi telefon suhbatidan so‘ng, 11 kun ichida Moskva va Moskva viloyatiga kamida 9 marotaba dron hujumlari qayd etilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ukraina dronlari hujumi sababli Moskva osmoni yopildi, yuzlab parvozlar bekor qilindi | Zamon.uz