Jahon

Afg‘onistonda noto‘g‘ri hijob kiygan ayollar ommaviy tarzda hibsga olindi

BMT va inson huquqlari tashkilotlari Afg‘onistondagi bu kabi hibslarni xalqaro normalarga zid deb baholamoqda.

Afg‘onistonda noto‘g‘ri hijob kiygan ayollar ommaviy tarzda hibsga olindi

Afg‘oniston poytaxti Kobulda bir nechta tumanlarda ayollar “shariat talablariga mos bo‘lmagan tarzda hijob taqqani” uchun ommaviy tarzda hibsga olindi. Bu haqda Kommersant.ru xabar berdi.

 

Xabarlarda aytilishicha, hibsga olish tadbirlari Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi (PPIE – Ministry for the Promotion of Virtue and Prevention of Vice) xodimlari ishtirokida amalga oshirilgan. Ayni paytda hibsga olingan ayollarning soni va ular qayerda saqlanayotgani haqida rasmiy ma'lumot mavjud emas.

 

Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘plab guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik xodimlari tomonidan ayollar transport vositalariga majburan olib chiqilgan va ularning qarshiligi inobatga olinmagan. Ayrim hollarda, ayollar bilan birga bo‘lgan erkaklar ham so‘roq qilish uchun olib ketilgan.

 

Tolibon hukumatining ayollarga nisbatan joriy qilgan cheklovlari:

 

2021-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Tolibon ayollar erkinligiga oid qator qonuniy kafolatlarni bekor qildi.

 

2022-yildan boshlab, barcha ayollar uchun hijob (yuzni to‘sadigan burqa) taqish majburiy qilindi.

 

Ayollar oliy va o‘rta ta’lim olish huquqidan mahrum qilindi.

 

Ayollar mustaqil ishlashi, uzoq safarga erkak qarindoshisiz chiqishi va ko‘plab kasb faoliyatida qatnashishi taqiqlangan.

 

2024-yil boshlarida esa ayollar o‘zaro jamoat joylarida muloqot qilishi va birgalikda yig‘ilishlar o‘tkazishi ham taqiqlangan edi.

 

Afg‘oniston bo‘yicha BMT maxsus vakillari va inson huquqlari tashkilotlari bu cheklov va hibsga olishlarni inson huquqlarining ochiq buzilishi sifatida baholamoqda. Xususan, BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi bu kabi amaliyotlar xalqaro huquq normalariga zid ekanini ta’kidlab kelmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Afg‘onistonda noto‘g‘ri hijob kiygan ayollar ommaviy tarzda hibsga olindi | Zamon.uz