Jahon

Microsoft’dagi zaiflik global kiberhujumlarga sabab bo‘ldi

Mutaxassislar minglab serverlar xavf ostida ekanini bildirgan. Microsoft hozircha bulutli xizmatlar himoyalanganini ta’kidlamoqda.

Microsoft’dagi zaiflik global kiberhujumlarga sabab bo‘ldi

Xakerlar Microsoft SharePoint dasturidagi xavfsizlik zaifligidan foydalanib, turli davlatlardagi muassasa va tashkilotlarga keng ko‘lamli kiberhujum uyushtirgan. Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.

 

Xususan, AQSh, Xitoy, Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlarda joylashgan davlat organlari, universitetlar, energetika va telekommunikatsiya kompaniyalari xakerlar hujumiga uchragan. Ular tashkilotlar o‘rtasida kontent almashuvi va hamkorlik uchun keng foydalaniladigan Microsoft SharePoint dasturiy platformasidagi jiddiy zaiflikdan foydalangan.

 

CrowdStrike kompaniyasi vitse-prezidenti Adam Meersning so‘zlariga ko‘ra, zaiflik minglab serverlarga taalluqli bo‘lib, “SharePoint serveriga ega barcha tashkilotlar ayni xavf ostida turibdi”. Mutaxassislar ushbu holatni “juda jiddiy tahdid” deb baholamoqda.

 

Shu bilan birga, Microsoft kompaniyasi SharePoint Online — ya'ni bulutli xizmatlar asosida ishlovchi versiyasi bu hujumdan zarar ko‘rmaganini ma’lum qilgan.

 

Dastlab kompaniya foydalanuvchilarga server dasturiy ta'minotini vaqtincha o‘chirish yoki internetdan uzib qo‘yishni tavsiya qilgan. Keyinchalik, SharePoint dasturining ayrim versiyalari uchun xavfsizlikni kuchaytiruvchi yangilanishlar chiqarildi.

 

Mazkur kiberhujum yuzasidan AQSh rasmiylari Kanada va Avstraliya bilan birgalikda tergov ishlarini olib bormoqda.

 

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Microsoft’dagi zaiflik global kiberhujumlarga sabab bo‘ldi | Zamon.uz