Jahon

Rossiyada ayrim kasblar uchun muhojirlarga rus tili talabi kuchaytirildi

Til va qonunlarni bilmaydigan chet elliklar Rossiyada odamlar bilan bevosita muloqot talab qilinadigan kasblarda ishlay olmaydi.

Rossiyada ayrim kasblar uchun muhojirlarga rus tili talabi kuchaytirildi

Rossiya Federatsiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xorijiy fuqarolarni ishga qabul qilish tartibiga oid qonun hujjatlariga bir qator o‘zgartirishlar kiritmoqda. Bu haqda vazir o‘rinbosari Andrey Pudov Davlat Dumasining mehnat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, Rossiyada haydovchi, tibbiyot xodimi va savdo sohasida faoliyat yurituvchi muhojirlar rus tilini, Rossiya tarixini va qonunchiligini bilish bo‘yicha test topshirish majburiyatidan ozod qilinmaydi.

 

Bu o‘zgarishlar ilgari Davlat Dumasi tomonidan ko‘rib chiqilgan hukumat kvotasi asosida ishlayotgan muhojirlar uchun testlardan ozod qilish haqidagi qonun loyihasiga javoban ishlab chiqildi. Duma raisi Vyacheslav Volodinning ta’kidlashicha, til va qonunlarni bilmaydigan muhojirlarning muloqot talab qilinadigan kasblarda ishlashi Rossiya fuqarolari bilan samarali muloqotga to‘sqinlik qilishi mumkin.

 

Shu bois Mehnat vazirligi yangi buyruq loyihasini tayyorladi. Unga ko‘ra, malakali chet ellik tibbiyot xodimlari endi kvotadan mustasno tartibda ishlash huquqiga ega bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Rossiya sub’yektlari kvota asosida ishga qabul qilish bo‘yicha taklif tayyorlarkan, endilikda muloqotga asoslangan kasblar — haydovchi, sotuvchi, tibbiyot xodimi kabi lavozimlarga migrantlarni ishga jalb etish uchun ariza topshirolmaydi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada ayrim kasblar uchun muhojirlarga rus tili talabi kuchaytirildi | Zamon.uz