Jahon

Xitoyda “ishga borishni istamaydiganlar” uchun klinika ochildi

Klinika “depressiya” atamasidan qochib, bemorlar uchun psixologik to‘siqlarni yengillashtiradi.

Xitoyda “ishga borishni istamaydiganlar” uchun klinika ochildi

Xitoyning Xebey provinsiyasida joylashgan integratsiyalashgan tibbiyot markazida noodatiy yo‘nalishda faoliyat yurituvchi “Ishga borishni istamaslikni davolash klinikasi” ochildi. Bu tashabbus jamiyatda katta qiziqish uyg‘otdi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

 

G‘arbiy va an’anaviy xitoy tibbiyoti asosida faoliyat yurituvchi klinika kasbiy charchoq, ruhiy tushkunlik, hissiy zo‘riqish va ish faoliyatiga nisbatan ma’no yo‘qligi kabi psixologik holatlar bilan kurashayotgan bemorlarni qabul qilmoqda.

 

Uyqu va psixologik salomatlik bo‘limi direktori Yue Liminning ma’lum qilishicha, ushbu loyiha maktabga borishni xohlamaydigan bolalar uchun avval ochilgan klinika tajribasidan ilhomlangan. Bolalarining psixologik muammolari yuzasidan murojaat qilgan ota-onalar ko‘p hollarda o‘zlari uchun ham shunga o‘xshash yordam so‘ragan.

 

Klinika psixologik muammolarga duch kelgan shaxslarga engillik yaratish maqsadida “depressiya” yoki “tashvish” kabi og‘ir tushunchalardan foydalanmaydi. Buning o‘rniga, bemorlarga ochiq muloqot va hissiy yengillik uchun qulay sharoit yaratishga urg‘u beriladi.

 

Muolajalar dastlab psixologik suhbatlar orqali boshlanadi, shundan so‘ng gipertiroidizm kabi jismoniy kasalliklarni istisno etish maqsadida umumiy tekshiruvlar o‘tkaziladi. Har bir bemor uchun individual terapiya dasturi ishlab chiqiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Xitoyda “ishga borishni istamaydiganlar” uchun klinika ochildi | Zamon.uz