Jahon

Xitoydagi bog‘chada bolalar qo‘rg‘oshindan zaharlandi

Xususiy bog‘chadagi zaharlangan 247 nafar bola kasalxonaga yotqizilgan.

Xitoydagi bog‘chada bolalar qo‘rg‘oshindan zaharlandi

Xitoyning Shensi provinsiyasida joylashgan xususiy bog‘chada 247 nafar bola qo‘rg‘oshin bilan zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi. Holat yuzasidan mahalliy rasmiylar tergov ishlarini boshladi.

 

Bog‘cha rahbari oshpazlarga taomni jozibaliroq ko‘rsatish maqsadida unga bo‘yoq qo‘shishni buyurgan. Ammo qo‘llangan bo‘yoq turlari “iste’mol uchun yaroqsiz” bo‘lib chiqqan. Bu zararli tamlar 2024-yilning may oyidan beri muntazam ishlatilgan.

 

Zaharlangan bolalardan 234 nafari birinchi davolash bosqichini yakunlab, kasalxonadan chiqarildi. Qolganlari ham shifokorlar nazoratida davolanishni davom ettirmoqda. Bolalarda qo‘rg‘oshin darajasi normadan yuqori bo‘lgani aniqlangan.

 

Hozirda ish yuzasidan oltita shaxs, jumladan bog‘cha investori, direktori va oshpazlari hibsga olingan. Tergov ishlari davom etmoqda. Mahalliy hokimiyat bunday holatlarning oldini olish uchun nazoratni kuchaytirishini bildirdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Xitoydagi bog‘chada bolalar qo‘rg‘oshindan zaharlandi | Zamon.uz