Barak Obama hibsga olinishi mumkin
Donald Tramp bunga ishora qildi.

Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Qo‘shma Shtatlarning sobiq prezidenti Barak Obamaning Oq uyda hibsga olinishi tasvirlangan sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan videoni eʼlon qildi. Ushbu videoda "Hech kim qonundan ustun emas", degan yozuvni ko‘rish mumkin.
O‘tgan haftada AQSH Milliy razvedkasi hisobot taqdim etdi. Unga ko‘ra, Obama maʼmuriyati 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridan avval ham, keyin ham Rossiya kiberhujumlar orqali saylov natijalariga taʼsir o‘tkazmaganini bilgan, ammo bu maʼlumotni yashirgan va “saylovga Rossiyaning aralashuvi” mavzusini Trampni obro‘sizlantirish uchun ishlatgan.







