Endi Ukrainaga chigirtkalar tahdid solmoqda
4 ta hududda hasharotlar galasi tarqalmoqda.

Ukrainaning Zaporojye shahriga chigirtkalar galasi hujum qildi. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda shaharni hasharotlardan iborat bulut qoplaganini ko‘rish mumkin.
Mutaxassislar fikricha, chigirtkalar tarqalishiga qurg‘oqchil yoz va maxsus harbiy operatsiya tufayli qishloq xo‘jaligi yerlariga ishlov berilmagani sabab bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, shu kabi holat Dnepropetrovsk, Vinnitsa va Odessa viloyatlarida ham kuzatilmoqda.







