Jahon

Issiq havo va suv tanqisligi Eron hayotini izdan chiqardi

Bir qator viloyatlarda davlat idoralari va banklar vaqtincha yopildi.

Issiq havo va suv tanqisligi Eron hayotini izdan chiqardi

22-iyul kuni Eronda keskin issiq havo va energetika inqirozi tufayli bir qator davlat idoralari va banklar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim hududlarda harorat +50 darajagacha ko‘tarilgan.

 

“Free Iran” manbasining xabar berishicha, suv va elektr energiyasi taqchilligi g‘ayritabiiy darajadagi jazirama bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib, rasmiylarni shoshilinch choralar ko‘rishga majbur qilgan.

 

EtemadOnline agentligining yozishicha, bugun Tehron, Xuziston, Kirmonshoh, Markaziy, Siston va Balujiston, Hormozgan, Ilom hamda Qum viloyatlarida barcha davlat muassasalari, banklar va yirik bizneslar yopilgan. Ayrim hududlarda elektr energiyasi soatlab uzilib qolayotgani, ichimlik suvi esa qattiq normaga tushirilgani aytilmoqda.

 

Mahalliy sog‘liqni saqlash organlari yurak va nafas yo‘llari bilan bog‘liq xastaliklari bor fuqarolarga uyda qolishni, aholini esa soya joylarda bo‘lishni, suyuqlik iste’molini ko‘paytirishni tavsiya qilmoqda. Tez yordam xizmatlari kuchaytirilgan tartibda faoliyat yuritmoqda.

 

Mutaxassislarning fikricha, bunday ekstremal iqlim holatlari yaqin kelajakda yanada ko‘proq uchrashi mumkin, bu esa iqlim o‘zgarishlari fonida Eron infratuzilmasining zaif nuqtalarini ochiqlab bermoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Issiq havo va suv tanqisligi Eron hayotini izdan chiqardi | Zamon.uz