Jahon

Talabalik davrida ota bo‘lgan yoshlar uchun budjetda o‘qish imkoniyati taklif etildi

LDPR rahbari bu tashabbus yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim tengligini ta’minlashga xizmat qilishini bildirdi.

Talabalik davrida ota bo‘lgan yoshlar uchun budjetda o‘qish imkoniyati taklif etildi

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDPR) rahbari Leonid Sluskiy mamlakat Ta’lim va fan vazirligiga murojaat yo‘llab, o‘rta kasb-hunar yoki oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan hamda talabalik davrida ota bo‘lgan yoshlarga kontrakt asosida o‘qishdan davlat granti (budjet) asosida o‘qishga o‘tish huquqini berishni taklif qildi.

 

Murojaatda bu taklif minglab talabalarning ijtimoiy va moliyaviy ahvolini yengillashtirishga xizmat qilishi, ayniqsa yosh oilalarga ta’limda teng imkoniyat yaratishda muhim qadam bo‘lishi qayd etilgan.

 

“LDPR faqat ona bo‘lgan talabalarga emas, balki ota bo‘lgan yoshlarni ham teng qo‘llab-quvvatlashi lozim. Ular ham o‘qishni bepul davom ettirish imkoniga ega bo‘lishlari kerak”, — deydi Sluskiy.

 

Hozirda Rossiya qonunchiligida o‘qish vaqtida farzand ko‘rgan ayollargagina bunday imtiyoz taqdim etilgan. Yangi tashabbus qabul qilinsa, bu imtiyozdan yigitlar ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

 

Tashabbusning asosiy maqsadi — yosh oilalarni rag‘batlantirish, ta’lim olishdagi moliyaviy to‘siqlarni kamaytirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Masala yuzasidan yakuniy qarorni Rossiya hukumati qabul qiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Talabalik davrida ota bo‘lgan yoshlar uchun budjetda o‘qish imkoniyati taklif etildi | Zamon.uz